1953 yilda Knesset (Isroil parlamenti) qarori bilan tashkil etilgan Butunjahon Xolokostni xotirlash markazi bo‘lgan Yad Vashemga Xolokost xotirasini abaydishlashtirish, uni hujjatlashtirish, tadqiq qilish va u haqda bilim va ma’lumot berish, nemis fashistlari va ularning hamkorlari tomonidan o‘ldirilgan olti million yahudiyni, vayron qilingan yahudiy jamoalari, getto va qarshilik harakati jangchilarini xotirlash, Xolokost paytida yahudiylarni qutqarish yo‘lida turli millatlar orasidagi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan solih insonlarga hurmat bajo keltirish vazifasi topshirilgan. Yad Vashem Quddusdagi Xotira tog‘idagi 45 akr (18 gektar) maydonda joylashgan bo‘lib, turli muzeylar, tadqiqot va ta’lim markazlari, haykallar va yodgorliklardan tashkil topgan. Muzeylar majmuasi, Xotira zali, Jamoalar vodiysi va Bolalar yodgorligi shular jumlasidandir.
Har yili Yad Vashemga bir millionga yaqin odam tashrif buyuradi va yana millionlab odamlar hozirgi paytda uning sakkiz tilda mavjud bo‘lgan veb-saytiga kiradi.