Yad Vashemning 1993 yilda tashkil etilgan Xolokost tadqiqotlari xalqaro maktabi (XTXM) Isroil va butun dunyodan kelgan turli tinglovchilarga Xolokost haqida sifatli bilim va ma’lumot berish bilan shug‘ullanadi va bu faoliyatni a’lo darajada amalga oshirib kelmoqda. Bunga erishish uchun XTXM Xolokost to‘g‘risida bilim va ma’lumot berish uchun o‘qituvchilarni tayyorlaydi, o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan pedagogik va didaktik vositalarni ishlab chiqadi va Isroil va chet eldagi yoshlar va askarlar uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazadi. XTXMda Xolokost to‘g‘risida odamlar yoshiga mos ravishda bilim va ma’lumot berishga asoslangan noyob multidistsiplinar ta’lim falsafasi ishlab chiqildi. O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini o‘quv jarayoniga yordam berish uchun yoshi va darajasiga mos keladigan materiallar bilan ta’minlagan holda o‘quv muhitiga xavfsiz tarzda olib kirishga va undan xavfsiz tarzda olib chiqishga o‘rgatiladi.
Xolokost tadqiqotlari xalqaro maktabi dunyodagi o‘zi kabi yagona maktab bo‘lib, bizning xodimlarimiz Xolokost to‘g‘risida bilim va ma’lumot berish ishiga qat’iy sodiqdirlar. Biz butun dunyo bo‘ylab o‘qituvchilarning bilimlarini boyitish, shuningdek, ularga ushbu og‘ir va murakkab mavzuni o‘qitish uchun pedagogik ko‘rsatmalar va yoshga mos vositalar bilan ta’minlash o’z vazifamiz deb hisoblaymiz. Bizning Xolokost to‘g‘risida bilim va ma’lumot berishdagi fanlararo - san’at, musiqa, adabiyot, ilohiyot va drama orqali - yondashuvimiz talabalarga ushbu davrda sodir bo‘lgan voqealar haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lish imkonini beradi.
Xolokost tadqiqotlari xalqaro maktabida 17 ta sinf xonasi, Pedagogika markazi va majlislar zali mavjud. Har yili biz 350 000 dan ortiq maktab o‘quvchilari, universitet talabalari, harbiylar va xavfsizlik xodimlari, shuningdek, butun dunyodan minglab o‘qituvchilarni qabul qilamiz.
Biz bilan bog'lanish
Yad Vashem
Butunjahon Xolokostni xotirlash markazi
Xolokost tadqiqotlari xalqaro maktabi
P.O.B. 3477
Quddus 9103401 Isroil
Phone: +972-2-644 3851
Fax: +972-2-643 3649
E-mail: europe@yadvashem.org.il